09 iyu 14:01
Yangiliklar
Tennis

Nadal 11-marotaba "Rolan Garros" finalida o'ynaydi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal ertaga "Rolan Garros" finalida avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqadi.
Bu final Nadal uchun 11-"Rolan Garros" finali bo'ladi. Umumiy hisobda esa u "Ulkan Toj"da 24-marotaba finalga chiqdi. Bu tarixdagi ikkinchi natijadir. Birinchi o'rin 30 marotaba "Ulkan Toj" finaliga chiqqan Rojer Federerga tegishli.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar