27 fev 16:27
Yangiliklar
Tennis

Nadal Akapulkodagi ishtirokini boshladi
Ispaniyalik tennis yulduzi Rafael Nadal Meksikaning Akapulko shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshlab oldi.
Dunyoning ikkinchi raketkasi birinchi davra uchrashuvida germaniyalik Misha Zverevga qarshi kortga chiqdi. Sakson daqiqa davom etgan bahsda Nadal raqibini 6/3, 6/3 hisobida mag'lub etdi.
Zverev dunyoning 76-raketkasi bo'lib turibdi. Endi 32 yoshli Nadal Abierto Mexicano TELCEL turnirining ikkinchi davrasida avstraliyalik Nik Kirgiosga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar