14 noy 07:50
Yangiliklar
Tennis

Nadal ATP Yakuniy turnirini mag'lubiyat bilan boshladi
Angliyaning London shahrida tennis bo'yicha ATP Yakuniy turniri davom etmoqda.
2017 yilgi tennis mavsumini yakunlab beruvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning eng kuchli sakkiz nafar raketka ustalari ikki guruhda bosh mukofot uchun bahslarga kirishishgan.
Londondagi “O2 Arena” korti mezbonlik qilayotgan turnirda
kecha ikkita uchrashuv o'tkazildi. Kutilmaganda dunyoning birinchi raketkasi Rafael
Nadal ettinchi raqam ostida tasniflangan belgiyalik David Goffenga 6:7, 7:6,
4:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Fikrlar