03 jan 11:37
Yangiliklar
Tennis
Nadal Avstraliya Ochiq chempionatiga qadar tuzalishga umid qilmoqda
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Brisbendagi turnirda ishtirok etmaslik qaroriga izoh berib o'tdi.
"Men uzoq vaqt musobaqalarda qatnashmadim va oyog'imda og'riqni his qildim. Ko'rik chap sonimda muammolar borligini ko'rsatdi. Bundan tashqari, men o'ynashni judayam istagandim.
Hozir bir necha kun oldingiga qaraganda o'zimni yaxshi his qilyapman. O'ylaymanki, Avstraliya Ochiq chempionatiga qadar barchasi joyiga tushadi", - dedi Nadal.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar