16 apr 14:14
Yangiliklar
Tennis

Nadal: "Avvallari "grunt kortlar"ga osonroq moslasha olardim"
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Monte-Karlodagi musobaqa oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Avvallari tuproqli kortlarga moslashishim oson bo'lardi. Har yili beshtadan musobaqada ishtirok etaman. Bu uncha ko'p emas. Bu safar menga "Devis Kubogi" yordam berdi. SHu sababli, Monte-Karlodagi musobaqa men uchun mavsumdagi ilk "tuproqli turnir" bo'ladi.
Musobaqadagi ilk o'yin oson kechmaydi. SHuning uchun diqqatimni bir joyga jamlashim lozim. Musobaqadagi har bir o'yin muhim", - dedi dunyoning birinchi raqamli raketkasi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar