02 fev 10:22
Yangiliklar
Tennis

Nadal bir oylik tatilga chiqdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Rafael Nadal qisqa tanaffus olishga qaror qildi.
Ispaniyalik tennis yulduzi bir oy davomida xordiq chiqaradi va keyin Akapulkodagi turnirda ishtirok etadi.
“Yoshimni ham inobatga olish kerak. Men har hafta dunyoning turli burchaklarida o'yin o'tkaza olmayman. Murabbiylarim bilan kelishgan holda yillik taqvimni tuzib chiqqanmiz.
Demak, reja asosida ishlashda davom etamiz. Hozir uyga qaytaman. Bir oydan so'ng Akapulkodagi turnirda ishtirok etaman. Keyin Indian-Uellsga yo'l olaman”, - deya Nadalning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Tennis World USA.
Eslatib o'tamiz, Rafa Nadal Australian Open turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida serbiyalik Novak Jokovichga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar