08 avg 14:43
Yangiliklar
Tennis

Nadal birinchi raketka bo'lish haqida o'ylamayapti
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Monrealdagi turnir yakunlariga ko'ra yana birinchi raketkaga aylanishi mumkinligi haqidagi xabarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
"Bu haqida umuman o'ylamayapman. Men turnirga yaxshi tayyorlansam bo'ldi. O'z o'yinimni namoyish etishda davom etaman. Agar bu amalga oshsa, muvaffaqiyatli ishtirok uchun imkoniyatim bo'ladi.
Monrealda g'alaba qozongan vaqtimda Turda Roddik va Xyuittlar o'ynashardi. Federer ham albatta. Keyin esa Novak va Endilar kelib qo'shilishdi. Biz ham ulg'aydik. Kortga yangi avlod kirib kelmoqda. Bu sportning barcha turida bor narsa", - deydi Nadal.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar