22 iyu 12:25
Yangiliklar
Tennis

Nadal birinchi raketka bo'lish imkoniyatidan foydalanmadi
Ispaniyaning birinchi raketkasi Rafael Nadal Germaniyaning Gamburg shahrida o'tkaziladigan grunt qoplamali turnirda ishtirok eta olmaydi.
Tennis World USA nashrining xabar berishicha, dunyoning ikkinchi raketkasi musobaqa tashkilotchilari taqdim etgan “uayld-kard”, yani imtiyozli yo'llanmani rad qilgan.
“Nadal kelasi hafta xordiq chiqarishni afzal bildi. SHu sababli ham u dushanba kunidan asosiy to'r bahslari boshlanuvchi turnirimizda qatnashishdan bosh tortdi”, - dedi musobaqa direktor Maykl Stich.
Takidlash joiz, Gamburgdagi turnirda dunyoning birinchi raqamli tennischisi britaniyalik Endi Marrey ham ishtirok etmaydi. Agar Nadal ushbu turnirda finalga qadar etib borganida ham duyoning birinchi raketkasiga aylanardi.
Havola :
Fikrlar