31 okt 13:17
Yangiliklar
Tennis

Nadal: "Federer dam olishi kerakligini tushunmoqda"
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Federerning "Masters"da ishtirok etmasligi haqidagi qarorga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
"Men ham SHanxaydagi turnirdan so'ng dam olishim kerak edi. SHuning uchun, Rojerni tushunaman. U Bazeldagi turnirda ham ishtirok etdi. Rojer undan ko'ra Londondagi turnirga tayyorlanadi.
Men o'z o'rnida Parijdagi turnirda yaxshi ishtirok etishga harakat qilaman. Reyting haqida o'ylamayapman. Lekin, mavsumni birinchi o'rinda yakunlash zo'r. Ammo, yil Yakuniy turnirdan so'ng yakunlanadi", - deydi Nadal.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar