30 apr 08:45
Yangiliklar
Tennis
Nadal finalga chiqdi, Marreyning kutilmagan mag'lubiyati
Ispaniyaning Barselona shahrida tennis bo'yicha nufuzli Trofeo Conde de Godo turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 2 428 355 evroni tashkil qiluvchi musobaqada yarim final uchrashuvlari o'tkazildi. Turnirning amaldagi g'olibi ispaniyalik Rafael Nadal argentinalik Orasio Sebalosni 6:3, 6:4 hisobida engdi.
Kutilmaganda dunyoning birinchi raketkasi britaniyalik Endi Marrey avstriyalik Dominik Timga 2:6, 6:3, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Yarim final natijalari:
Dominik Tim (Avstriya, 4) – Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 1) – 6:2, 3:6, 6:4
Rafael Nadal (Ispaniya, 3) – Orasio Sebalos (Argentina) – 6:3, 6:4
Havola :
Fikrlar