14 okt 10:15
Yangiliklar
Tennis

Nadal g'alabalar soni bo'yicha Agassiga etib oldi
Dunyoning birinchi raketkasi Rafael Nadal SHanxayda davom etayotgan ATP 1000 toifasidagi turnirning chorak finalida bolgariyalik Grigor Dimitrovni mag'lub etdi.
Bu ispaniyalik raketka ustasi uchun faoliyatidagi 870-g'alaba edi. Nadal ayni shu ko'rsatkichi bilan afsonaviy Andre Agassiga etib oldi. Bu borada peshqadam Jimmi Konnors hisoblanadi. Uning hisobida 1256 ta g'alaba bor.
Malumot uchun, Rafa Nadaldan oldingi
o'rinlarni tennis yulduzlari Rojer Federer (1121), Ivan Lendl (1068), Gilermo
Vilas (929), Jon Makinroy (877) egallab turibdi.
Havola :
Fikrlar