21 iyu 09:00
Yangiliklar
Tennis
Nadal hali oila qurishga tayyor emas
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal oilaviy hayot haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men o'zimni baxtli qiladigan qarorlarni qabul qilaman. Sevgan qizim bor, yolg'iz emasman. U uchun barcha qarorni qabul qilmayman. SHunchaki, vaziyatdan kelib chiqib ish qilaman.
Hayotdan zavqlanishga harakat qilaman.
Oila? Bu haqida oldindan biror nima deya olmayman. Bu yoshimda farzand tarbiyasi bilan shug'ullanaman deb o'ylardim. Ammo, vaziyat boshqacha tus oldi. Oila - xotirjam hayot degani. Men esa hozircha bunga tayyor emasman. Hali bunga biroz vaqt bor", - dedi Nadal.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar