28 dek 12:19
Yangiliklar
Tennis

Nadal Istomin qatnashadigan turnirda ishtirok etmaydigan bo'ldi
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Rafael Nadal Brisbendagi turnirda ishtirok etmaydigan bo'ldi.
"Afsuslar bilan shuni elon qilamanki, bu yil Brisbendagi turnirda ishtirok eta olmayman. Uzoq davom etgan mavsumdan so'ng yangisiga hozircha tayyor emasman.
Avstraliyalik muxlislar bilan 4 yanvar kuni uchrashaman. O'shanda "Australian Open"ga tayyorgarlikni boshlash uchun Melburnga boraman", - dedi Nadal.
Havola :
Manba : twitter.com/RafaelNadal
Fikrlar