23 dek 12:40
Yangiliklar
Tennis

Nadal jarohat sabab Abu-Dabidagi turnirni o'tkazib yuboradi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal 28-30 dekabr kunlari BAAda bo'lib o'tadigan Mubadala World Tennis Championship turnirida ishtirok etmaydi.
Malum bo'lishicha, ispaniyalik tennischi turnir boshlangungacha tizzasidan olgan jarohatidan to'liq qutila olmaydi. Uning o'riga musobaqada Roberto Bautista-Agut qatnashadi.
Avvalroq, u jarohat sabab Malorkadagi mashg'ulotlarni ham bekor qilgani haqida xabar qilingandi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar