12 iyu 11:17
Yangiliklar
Tennis

Nadal “Katta Dubulg'a”dagi sovrinlar bo'yicha Samprasni ortda qoldirdi
“Grunt qiroli” Rafael Nadal kecha Parijda “Rolan Garros” turnirida zafar quchib, ushbu musobaqaning 10 karra g'olibiga aylangandi.
Ispaniyalik tennischi so'nggi bor 2014 yili “Rolan Garros” turnirida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirda zafar quchgandi. O'shandan beri Rafa bunday musobaqalarda bosh mukofotga ega bo'la olmayotgan edi.
Rafael Nadal o'ninchi marotaba “Rolan Garros” turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritdi. “Ulkan Toj” turkumiga kiruvchi turnirlardagi bosh sovrinlari esa 15 taga etdi.
Bu bilan u amerikalik afsonaviy tennischi Pit Samprasni ortda qoldirib, ikkinchi o'ringa chiqib oldi. Birinchi pog'onadagi shveycariyalik Rojer Federer 18 bor “Katta Dubulg'a” turkumidagi turnirlarda g'olib bo'lgan.
Havola :
Fikrlar