15 mar 12:44
Yangiliklar
Tennis

Nadal: "Kelajakda tennisga o'zgarishlar kerak bo'ladi"
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal tennis qoidalariga o'zgarishlar zarurligini aytib o'tdi.
"Tennisga qanday o'zgarishlar kerakligini aniq ayta olmayman. Ahir, ushbu qoidalar asosida men ko'plab muvaffaqiyatlarga erishganman. Biroq, vaqt o'tgani sari tennischilar kuchayib, ularning saviyasi ham o'sib bormoqda. Agar biz bundan keyin ham qizg'in bahslar ko'rishni istasak, qandaydir o'zgarishlar qilishimiz kerak bo'ladi.
Bu haqida o'ylab ko'rish lozim. Men shunday fikrdaman. Masalan, so'nggi yillarda insonlarning bo'yi o'sgan, setkalarning o'lchami esa eskiligicha qolgan. Kelajakda baribir, o'zgarishlar kerak bo'ladi", - deydi Nadal.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar