11 noy 13:10
Yangiliklar
Tennis

Nadal: "Londonga sovrin yutish uchun keldim"
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Londonda bo'lib o'tadigan ATP Yakuniy turniri oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Tizzam bilan bog'liq muammolar yo'q. Umid qilamanki, shundayligicha qoladi. Men Londonga raqiblarimni mag'lubiyatga uchratib, sovrin yutish uchun keldim. Bo'lmasam, nima uchun kelishim mumkin?
Bu erda eng zo'r sportchilar yig'ilgan. Agar sen 100 foiz tayyor bo'lmasang, eng zo'r natijani ko'rsata olmaysan", - deydi Nadal.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar