04 noy 08:54
Yangiliklar
Tennis

Nadal “Masters”dagi yurishini to'xtatishga majbur bo'ldi
Dunyoning birinchi raketkasi Rafael Nadal Parij shahrida davom etayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi yilning so'nggi turniridagi ishtirokini to'xtatishga majbur bo'ldi.
Bunga ispaniyalik raketka ustasining jarohati sabab bo'ldi. Nadal chorak final uchrashuvida saralash bahslari g'oliblaridan biri serbiyalik Filipp Krainovich bilan uchrashishi kerak edi. Lekin tizzasidagi jarohat Rafaga kortga chiqishiga imkon bermadi.
“Men Londondagi yilning Yakuniy turniriga tayyor
holatda borish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. Aslida bundan avvalgi
uchrashuvlarimni ham tizzamdagi og'riq bilan o'tkazdim. Endi tavakkal qila olmayman”,
– dedi Nadal.
Eslatib o'tamiz, har qanday holatda ham Rafael Nadal
2017 yilni dunyoning birinchi raketkasi sifatida yakunlaydi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar