25 apr 16:19
Yangiliklar
Tennis

Nadal: "Navbatdagi maqsadim - "Rolan Garros"dagi g'alaba"
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Monte-Karlodagi "Masters" turniridagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu aqlga sig'maydi. Men bu erdagi o'ninchi sovrinimni qo'lga kiritdim. Nimalarni his qilayotganimni tushuntirib bera olmayman.
Yana bor kuchim bilan tennis o'ynab, bundan zavq olyapman. Men uchun asosiysi - sog'liq. Agar sog'lig'imda qandaydir muammolar bo'lganida bu erga kelib o'tirmagan bo'lardim. Bu g'alaba - men uchun katta qadam!
Navbatdagi maqsadim - "Rolan Garros"da g'alaba qozonish!", - deydi Nadal.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar