01 noy 16:42
Yangiliklar
Tennis
Nadal nima uchun Parijdagi musobaqada ishtirok etmayapti?
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal nima uchun Parijdagi "Masters" turnirida ishtirok etmasligiga izoh berdi.
"Menga Parijga kelib boshqa sportchilar bilan birga mashg'ulot olib borish yoqimli bo'ldi. O'tgan hafta bilan solishtiradigan bo'lsak holatim yaxshilandi. Ammo, mushaklarimda og'riq paydo bo'lgan. SHifokor menga o'ynashni taqiqladi. CHunki, jarohatim jiddiy bo'lishi mumkin. Vaziyatni chuqurlashtirmoqchi emasman. SHu sababli menda boshqa tanlov yo'q edi.
Londondagi Yakuniy turnirda o'ynashni judayam istardim. Ammo, sog'liq eng muhimidir", - dedi Nadal.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar