07 okt 17:22
Yangiliklar
Tennis

Nadal Pekin turniri finaliga chiqdi
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Rafael Nadal Xitoyda bo'lib o'tayotgan turnirda final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Yarim finalda u bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi o'yin o'tkazdi. 2 soat 16 daqiqa davom etgan o'yinda Nadal 6:3, 4:6, 6:1 hisoblarida g'alaba qozondi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endi u finalda Aleksandr Zverev va Nik Kirgios o'yinlari g'olibiga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar