14 may 15:37
Yangiliklar
Tennis

Nadal Rimdagi turnirda g'olib chiqsa yana reyting peshqadamiga aylanadi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Madriddagi musobaqada o'z ochkolarini himoya qila olmadi va peshqadamlikdan mahrum bo'ldi.
Ammo, u keyingi hafta yana birinchi o'ringa qaytishi mumkin. Buning uchun, sportchi Rimdagi "Masters" musobaqasida g'olib chiqishi kerak. Eslatib o'tamiz, Nadal ushbu turnirda etti marotaba g'olib chiqqan. Yutuqning so'nggisini u 2013 yilda qo'lga kiritgan.
Uning reyting etakchiligi uchun asosiy raqibi Rojer Federer tuproqli kortlarda bo'lib o'tadigan mavsumni o'tkazib yubormoqda.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar