12 okt 16:30
Yangiliklar
Tennis

Nadal SHanxayda chorak finalga chiqdi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal SHanxayda bo'lib o'tayotgan "Masters" turnirida navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.
U 1/8 finalda italiyalik Fabio Foniniga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 2 daqiqa davom etgan o'yinda dunyoning birinchi raqamli tennischisi 6:3, 6:1 hisoblarida g'alaba qozondi va chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Endi u yarim finalga chiqish uchun bolgariyalik Grigor Dimitrovni mag'lubiyatga uchratishi lozim bo'ladi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar