27 dek 13:13
Yangiliklar
Tennis

Nadal: "Sovrinlar bo'yicha Federerni ortda qoldirish meni dunyodagi eng baxtli odamga aylantirmaydi"
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal o'zini Federer bilan taqqoslashlariga munosabatini bildirib o'tdi.
"Dubulg'a"lar borasida bizni bir darajaga tenglashtirish noto'g'ri. Unda menga qaraganda uchta ko'p sovrin bor. Bu katta farq. Umuman olganda bu haqida o'ylamayman.
O'zim qilayotgan ishlarimdan mamnunman. Agar unga etib olish imkoniyati paydo bo'lsa ajoyib bo'ladi. Lekin bir narsani bilaman: agar faoliyatim oxirigacha Rojerni sovrinlar yutish bo'yicha ortda qoldiradigan bo'lsam, bu narsa meni dunyodagi eng baxtli insonga aylantirib qo'ymaydi", - dedi u.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar