16 sen 16:15
Yangiliklar
Tennis

Nadal: "Sovrinlar emas, qanday inson ekanliging muhim"
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal raqiblari bilan munosabati haqida gapirib o'tdi.
"Men barchaga hurmat bilan yondoshishga harakat qilaman. Agar kimdir mehnat qilib, muvaffaqiyatga erisha olmagan bo'lsada unga hurmatsizlik qilmayman. Bundaylarni hurmat qilaman. Buni barcha bilishini istayman.
Mening hayotim do'stlarimnikidan farq qiladi. Lekin, Malorkada barcha narsa bir xil. Men kimdandir ortiq emasman. Sovrin qancha ekanligi muhim emas, qanday inson ekanliging muhim", - deydi Nadal.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar