15 mar 08:19
Yangiliklar
Tennis
Nadal to'yi haqida gapirishni istamayapti
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal to'yi haqidagi savolga javob berishni istamayapti.
"Bu cirkka o'xshagani uchun menga yoqmaydi. Bilasizmi, media olamida siz atrofda yolg'onlar ko'p ekanligini tushunishingiz lozim. Men xech qachon to'yim haqida gapirmaganman. Meni ranjitadigan tomoni shundaki, OAV bu mavzuda qandaydir taxminlarni yozadi. Yakunda matbuotda turli ahmoqona fikrlar paydo bo'ladi. Ular to'y qaerda bo'lishi haqida yoza boshlaydilar.
Men gazeta sahifalarida shahsiy hayotim emas, erishgan yutuqlarim haqida yozishlarini istayman. Xotirjam shahsiy hayotni maqul ko'raman, huddi sevgan qizimdek. Baxtga erishish yo'li bizda shunday", - dedi Nadal.
Havola :
Manba : Tennis World
Fikrlar