22 sen 09:34
Yangiliklar
Tennis

Nadal va Federer birgalikda ko'rgazmali turnirda qatnashishadi
Dunyoning birinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal va shveycariyalik tennis yulduzi Rojer Federer birgalikda ko'rgazmali turnirda ishtirok etishadi.
Leyver Kubogi nomini olgan ushbu ko'rgazmali turnir bugun CHexiya poytaxti Praga shahrida boshlanadi. Federer va Nadal juftlikda kortga chiqishadi. Ular Evropa jamoasi sharafini himoya qilishadi.
Evropa jamoasi tarkibidan avstriyalik Dominik Tim, chexiyalik Tomash Berdix, germaniyalik Aleksandr Zverev va xorvatiyalik Marin CHilich joy olgan.
Amerikaliklar Jek Sok, Jon Izner, Sem Kuerri va Frensis Tiafo, avstraliyalik Nik Kiros, kanadalik Denis SHapovalov esa qolgan dunyo terma jamoasi safida kortga chiqishadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar