06 fev 17:43
Yangiliklar
Tennis

Nadal va Mugurusa Ispaniyada yil sportchilari deb topildi
Ispaniyalik tennischilar Rafael Nadal va Garbin Mugurusalar Mundo Deportivo nashri talqiniga ko'ra "eng yaxshi erkak" va "eng yaxshi ayol" tennischilar deb topildi.
Eslatib o'tamiz, Nadal o'tgan mavsumda ikkita "Ulkan toj"da g'olib chiqqan va yilni birinchi raketka sifatida yakunlagandi. Mugurusa esa "Uimbldon" g'olibiga aylanib, bir muddat reytingda etakchilik qila olgandi.
SHuni alohida qayd etib o'tish lozimki, Rafa ushbu mukofotni to'rtinchi marotaba qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar