15 avg 09:40
Yangiliklar
Tennis

Nadal yana dunyoning birinchi raketkasiga aylanadi
Cincinnati shahrida start olgan turnirdagi tennischilarning ochkolari hisob-kitob qilinganda shu narsa malum bo'ldi-ki, Rafael Nadal yana dunyoning birinchi raketkasiga aylanadi.
Bu holat shveycariyalik tennis yulduzi Rojer Federerning “Masters” seriyasiga kiruvchi Cincinnati turnirida qatnashmasligini malum qilgach ayon bo'ldi.
Cincinatti turnirining o'tgan yilgi finalchisi, ayni paytda dunyoning birinchi raketkasi bo'lib turgan britaniyalik Endi Marrey ham avvalroq musobaqada qatnasha olmasligini malum qilgandi. Buning natijasida u 600 ochkosidan mahrum bo'ladi.
Ayni paytda onlayn reytingda Marreyning hisobida 7150, Federerda 7145, Nadalda esa 7475 ochko bor. Bu esa Rafaelni dunyoning birinchi raketkasiga aylantiradi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar