16 apr 11:00
Yangiliklar
Tennis

Nadal yana qumli kortlarga qaytayotganidan xursand
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Monte-Karlodagi "Masters" oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Fikrimcha, o'zim istagan darajaga yaqinlashib oldim. Men turnirlarni yutishga qodir darajada sifatli o'yin namoyish etyapman. Monte-Karlodagi turnirdan umidim katta. Qumli kortlarga qaytayotganimdan xursandman.
Xard kortlarda ham yomon o'ynaganim yo'q. Men g'alabalarga erishdim va ochkolar ishlab oldim", - deydi Nadal.
Havola :
Manba : atpworldtour.com
Fikrlar