28 okt 17:24
Yangiliklar
Tennis

Nadal yuz yoshli muxlisiga dasxati tushirilgan surat sovg'a qildi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal yaqinda 100 yoshga to'lgan muxlisasi Felise Munosga imzosi tushirilgan surat jo'natdi.
"Menga Rafaelning o'yinlari yoqadi. Undan ham muhimi u o'zini kamtar tuta oladi. U xotirjam, og'ir-bosiq va mag'lubiyatlardan so'ng asabiylashmaydi.
Federer ham menga yoqadi. Jokovich esa yo'q. Novak o'zini bosa olmaydi va o'yin vaqtida raketkasini ham urib sindirib tashlaydi. Nadal hech qachon bunaqa qilmaydi", - deydi Felisa xola.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar