01 mar 11:26
Yangiliklar
Tennis

Nadalni yutgan Kirgios Vavrinkaga ham chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'ydi
Avstraliyalik tennischi Nik Kirgios Meksikaning Akapulko shahrida davom etayotgan turnirning yarim finaliga chiqdi.
Avstraliyalik tennis yulduzi chorak final uchrashuvida shveycariyalik Sten Vavrinkadan ustun keldi. Ikki soatu 31 daqiqa davom etgan bahsda 23 yoshli Nik reytingning 42-pog'onasidan joy olgan raqibini 7/5, 6/7(3), 6/4 hisobida engdi.
Endi dunyoning 72-raketkasi Abierto Mexicano TELCEL turnirining yarim finalida amerikalik Jon Isner hamda hamyurti Jon Millman uchrashuvi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar