07 iyu 12:34
Yangiliklar
![](/upload/storage/13915_220.jpg)
Namangan “Fyuchers”. Abduraimova chorak finalga chiqdi
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning xotin-qiz tennischilari o'rtasidagi bahslarida uchinchi raqam ostida tasniflangan Nigina Abduraimova hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda chorak final chiptasini qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz ikkinchi davrada gruziyalik Maryam Bolkvadzega qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 9 daqiqa davom etgan uchrashuvning uchinchi seti beshinchi geymidan so'ng Bolkvadze bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
Birinchi setda gruziyalik tennischi 6:4 hisobida g'alaba qozongan edi. Ikkinchi setda Nigina tay-brekda zafar quchdi. Hal qiluvchi uchinchi setning beshinchi geymidan so'ng Abduraimova 3:2 hisobida oldinda borayotgandi.
Fikrlar