10 iyu 09:50
Yangiliklar
Tennis
Namangan "Fyuchers". Abduraimova ham vice-chempion!
Namangan shahridagi "Do'stlik" kortlarida yakunlanib borayotgan tennis turnirining juftlik bahsida g'olibalar aniqlandi.
"Fyuchers" turkumiga kiruvchi hamda sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat turnirning juftlik bahsi bosh mukofoti Rossiyaga ketadigan bo'ldi.
Hamyurtimiz Nigina Abduraimova va rossiyalik Kseniya Likinadan iborat turnirning birinchi raqamli juftligi finalda rossiyalik tennischila - Olga Doroshina hamda Polina Monova hamkorligiga 2:6, 6:7(8) hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar