06 iyu 16:03
Yangiliklar
Tennis

“Namangan Fyuchers”. Abduraimova ikkinchi davraga yo'l oldi
Namangan shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarni tashkil qiluvchi musobaqada birinchi davra uchrashuvlari o'tkazilyapti. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Nigina Abduraimova o'z bahsida g'alabaga erishib, ikkinchi davraga yo'l oldi.
Dunyo reytingida 193-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz 1 soatu 28 daqiqa davom etgan uchrashuvda rossiyalik Anastasiya Gasanovani 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi. 18 yoshli Gasanova WTA reytingida 441-pog'onadan joy olgan.
Afsuski, tajribali tennischilarimiz Oqgul Omonmurodova hamda turnirning birinchi raketkasi bo'lgan Sabina SHaripova birinchi davrada mag'lubiyatga uchrab, yakkalikdagi ishtiroklarini yakunlashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar