05 iyu 08:34
Yangiliklar

Namangan “Fyuchers”. Asosiy to'rda 8 tennischimiz, hozircha
“Do'stlik” kortlari mezbonlik qilayotgan musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Turnirning saralash bahslarida oz emas, ko'p emas 25 nafar tennischimiz o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.
Bugun saralash bosqichining final uchrashuvlari bo'lib o'tadi. To'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rda qatnashish huquqini 8 nafar tennischimiz qo'lga kiritgan. Ular orasida Sanjar Fayziev birinchi raketka sifatida etirof etilgan.
Fayzievdan tashqari asosiy to'r bahslarida hamyurtlarimizdan Temur Ismoilov, Sergey Fomin, SHonig'mat SHofayziev, Pavel Coy, SHarobiddin Abzalov, Saidalo Saidkarimov va SHohrux Abdumalikov ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi bo'lgan Fayziev shanba kuni Andijonda yakunlangan “Fyuchers” turnirida bosh mukofot sohibiga aylangan edi.
Fikrlar