11 iyu 11:35
Yangiliklar
Tennis

Namangan “Fyuchers”. Bosh mukofot Jirmontda!
Namangan shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning erkaklar o'rtasidagi bahslarida ham g'olib aniqlandi.
Musobaqaning yakkalik bahslari hal qiluvchi final uchrashuvida belaruslik Dmitriy Jirmont g'alabaga erishib, bosh mukofot sohibiga aylandi.
Turnirda 4-raqam ostida harakat qilgan Jirmont finalda rossiyalik Mixail Fufuginni 7:6(6), 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Aynan Jirmont yarim final uchrashuvida hamyurtimiz turnirning birinchi raketkasi Sanjar Fayzievdan ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar