So’nggi yangiliklar

18:18Хамзат Чимаев Хабибнинг ашаддий рақиби уни ММА жангчиси бўлишга илҳомлантирганини айтди 0 17:56"Бу жангдан маъно йўқ". Двалишвили нима учун Царукян билан жангга рад жавобини берганини айтди 0 17:35Расман: "Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси билан янги шартнома тузди 0 17:14Чарльз Оливейра UFC билан янги шартнома имзолади 0 16:53Наманганда “Саломатлик сари 10 000 қадам” марафонига старт берилди 0 16:32Дмитрий Бивол келажак режалари ҳақида гапирди 0 16:11Sky Sports: "Атлетико" Альваресни 150 миллион еврога баҳолаган 0 15:50Сауль Альварес Ар-Риёдда кутилмаган рақибга қарши рингга кўтарилади + ФОТО 0 15:29TePe Sigeman 2026 турнири бошланяпти. Унда Абдусатторов ва Магнус Карлсен ҳам иштирок этади 0 15:08Шавкат Раҳмоновнинг октагонга қайтиши ҳақида хабар берилди 0 14:47Daily Mail АПЛ мавсумининг энг ёмон 10 та трансферини аниқлади 0 14:26Арман Царукяннинг рақиби маълум - Тони Фергюсон! (+ПОСТЕР) 0 14:05Собиқ жаҳон чемпиони Тошкентда рингга кўтарилади + ПОСТЕР 0 13:44Таэквондо терма жамоамиз машғулотларни Россияда давом эттиряпти 0 13:23Ямал ЖЧ-2026`да Испаниянинг илк икки ўйинини ўтказиб юбориши мумкин 0

01 may 16:53
Yangiliklar

Boshqalar

Namanganda “Salomatlik sari 10 000 qadam” marafoniga start berildi

Namangan viloyatida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, aholining jismoniy faolligini oshirish maqsadida “Salomatlik sari 10 000 qadam” shiori ostida ommaviy marafon bo'lib o'tdi.

Mazkur salomatlik marafoni Davlatobod tumanida joylashgan Yangi O'zbekiston bog'i hududida yuqori kayfiyatda boshlandi. Tadbir Namangan viloyati sport boshqarmasi hamda viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Marafonda nuroniylar, sportchi yoshlar, tibbiyot xodimlari, turli tashkilot va korxona vakillari hamda keng jamoatchilik faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar dastlab 10 000 qadamlik yurish marafonida qatnashib, sog'lom turmush tarziga sodiqliklarini namoyon etdilar.

Tadbirning rasmiy ochilish marosimida viloyat hokimi SHavkatjon Abdurazzoqov so'zga chiqib, barchani sog'lom hayot tarziga amal qilishga chaqirdi.

Marafon doirasida ishtirokchilar uchun boy madaniy va sport dasturlari ham taqdim etildi. Estrada yulduzlarining chiqishlari, sportchilarning ko'rgazmali namoyishlari hamda moda ko'rgazmalari tadbirga yanada ko'tarinki ruh bag'ishladi.

Tadbir yakunida “Hokim kubogi” musobaqalari doirasida oliy talim muassasalari o'rtasida o'tkazilgan sport bellashuvlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar munosib taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing