09 iyu 12:13
Yangiliklar
Tennis
Namangan “Fyuchers”. Bosh sovrin Turkiyaga ketadi
Namangan shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan “Fyuchers” turniri yakuni sari yaqinlashmoqda.
Bundan bir necha daqiqa avval musobaqaning yakkalik bahslarida g'olib nomi malum bo'ldi. Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan Kem Ilkel bosh sovrin sohibiga aylandi.
Turkiyalik tennischi 1 soatu 27 daqiqa davom etgan bahsda turnirning uchinchi raketkasi rossiyalik Roman Safiulindan 6:1, 7:6(12) hisobida ustun keldi. Hamyurtimiz Sanjar Fayziev chorak finalda aynan Ilkelga kurashsiz o'yinni boy bergandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar