11 iyu 11:10
Yangiliklar
Tennis
Namangan “Fyuchers”. Polina Monova - turnir g'olibasi!
Namangan shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir yakunlandi.
Xotin-qiz tennischilar musobaqasida bosh mukofot Polina Monovaga nasib etdi. Turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilgan rossiyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida qozog'istonlik Go'zal Aynitdinovaga qarshi kortga chiqdi.
Uch set davom etgan bahsda Monova 1:6, 6:1, 6:2 hisobida zafar quchib, Namangan “Fyuchers” turniri g'olibasiga aylandi. Tennischilarimizdan eng yaxshi natijaga Nigina Abduraimova erishdi. U chorak finalda hindistonlik Kaur Karman Tandiga 6:7(5), 3:6 hisobida yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar