09 iyu 10:11
Yangiliklar
Namangan “Fyuchers”. SHaripova bosh mukofot uchun kortga chiqyapti
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida bugun chempion nomi aniqlanadi. Hozirgina bosh mukofot uchun bahs boshlandi va unda hamyurtimiz Sabina SHaripova kortga chiqmoqda.
Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan SHaripovaning raqibasi Irina SHimanovich bo'lyapti. Birinchi setning ikkinchi geymidan so'ng Sabina 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Kecha belaruslik tennischi yarim finalda turnirning oltinchi raketkasi slovakiyalik Kayya Yuvanni 6:4, 0:6, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Taqqoslash uchun, Sabina SHaripova dunyo reytingida 169, 20 yoshli Irina SHimanovich esa 518-o'rinni egallab turibdi. Kecha Sabina yarim finalda yana bir yurtdoshimiz Nigina Abduraimovani uch set natijasiga ko'ra taslim eta olgandi.
Fikrlar