06 iyu 13:44
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/13888_220.jpg)
Namangan “Fyuchers”. SHaripova bu safar ham 1-davrada yutqazdi
Namangan shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning birinchi raketkasi bo'lgan Sabina SHaripova bu safar ham birinchi davradayoq mag'lubiyatga uchradi.
Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan birinchi bosqich uchrashuvida rossiyalik Anastasiya Frolovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bir soatu 56 daqiqa davom etgan bahsda Frolova 6:2, 4:6, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar