09 iyu 08:15
Yangiliklar
Tennis
Namangan “Fyuchers”. Xotin-qiz tennischilar turnirida bugun yarim final
Namangan shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning xotin-qiz tennischilar musobaqasida ham bugun yarim final uchrashuvlari o'tkaziladi.
Afsuski, bu bosqichga o'zbekistonlik tennischilardan hech kim etib kelmadi. Kecha chorak final uchrashuvida so'nggi vakilamiz Nigina Abduraimova hindistonlik Kaur Karman Tandiga 6:7(5), 3:6 hisobida yutqazib qo'ygandi.
Bugun o'tkaziladigan yarim finalda Tandi turnirning ikkinchi raketkasi rossiyalik Polina Monovaga qarshi kortga chiqadi. Ikkinchi yarim finalda qozog'istonlik Go'zal Aynitdinova va rossiyalik Anna Morgina o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar