04 iyu 08:10
Yangiliklar
![](/upload/storage/13776_220.jpg)
Namanganda “Fyuchers” turniri boshlandi, saralashda 25 tennischimiz
“Do'stlik” kortlari mezbonlik qilayotgan musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Turnirning saralash bahslarida oz emas, ko'p emas 25 nafar tennischilarimiz o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.
Hozirdanoq aytish mumkin, ulardan 5 nafari aniq asosiy to'rga yo'llanma olishadi. Boisi, ular final saralash o'yiniga qadar bir-birlari bilan to'qnash kelishadi.
Namangan “Fyuchersi”ning birinchi raketkasi sifatida hamyurtimiz Sanjar Fayziev etirof etilgan. Fayzievdan tashqari asosiy to'r bahslarida hamyurtlarimizdan Temur Ismoilov va Sergey Fomin ham ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi bo'lgan Fayziev kecha Andijonda yakunlangan “Fyuchers” turnirida bosh mukofot sohibiga aylangan edi.
Fikrlar