28 okt 10:08
Yangiliklar
Velosport
Namanganda velomarafon bo'lib o'tdi
Namanganda aholini barcha qatlamlarini qamrab olgan velomarafon tashkil etildi.
Mamlakatimizda karantin choralari yumshatilishi natijasida barcha sohada bo'lgani kabi sport sohasida ham sport musobaqalari hamda ommaviy sport tadbirlariga ruxsat berildi.
Jumladan, Namangan viloyatida ham bir qator sport turlari bo'yicha chempionatlar va ommaviy tadbirlar o'tkazilmoqda.
Kecha ana shunday tadbirlardan biri bo'lib o'tdi. Namangan shahrining 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan aholisini qamrab olgan velomarafon tashkil etildi. Ushbu marafon qulaylik jihatini inobatga olgan holda Namangan aeroporti hududida o'tkazildi. Mazkur marafonda 300ga yaqin sport sevar yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi.
Bunday tadbirlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida o'tkazib kelinmoqda.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar