27 avg 12:00
Yangiliklar
Tennis
Naomi Osaka 1/2 final ishtirokchisiga aylandi
AQSHning Nyu-York shahrida "Premera" toifasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 10-raqamli tennis malikasi Naomi Osaka musobaqaning 1/4 finalida qiyinchilikka duch keldi. Yaponiyaoik tennischi reytingda o'zidan 10 pog'ona pastda borayotgan estoniyalik Anett Kontaveytni uch set natijasiga ko'ra taslim etdi - 4/6, 6/2, 7/5.
Bir soatu 53 daqiqa davom etgan bahsda Osaka 9, Anett esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. O'zaro uchrashuvlarda Naomi endi 4:1 hisobida oldinda bormoqda. 22 yoshli yaponiyalik tennischi Western & Southern Open turniri yarim finalida belgiyalik Elize Mertensga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar