01 iyu 17:50
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeevaning Uimbldon ikkinchi davrasidagi raqibi malum bo'ldi
O'zbekistonlik tennischi Mariya Timofeeva Uimbldon turnirining ikkinchi bosqichida belgiyalik tajribali tennischi Elize Mertensga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur uchrashuv ertaga, 2 iyul kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Timofeeva musobaqaning birinchi davrasida muvaffaqiyatli start olib, braziliyalik Beatris Xaddad Mayya ustidan g'alaba qozongan edi.
Dunyo reytingining 27-pog'onasidagi Elize Mertens esa dastlabki davrada germaniyalik 38 yoshli Laura Zigemundni mag'lub etgandi.
Mariyaning Mertensga qarshi o'yini ertaga 15:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar