02 iyu 17:18
Yangiliklar
Tennis
Naomi Osaka: Halovatim yo'qolgan
Sayyoramizning birinchi raqamli ayol tennischisi Naomi Osaka "Rolan Garros"dagi mag'lubiyati haqida gapirdi.
"Parijga kelganimdan beri halovatim yo'qolgan. Avvalari bemalol o'yin ko'rsatardim. Lekin bu safar bunday bo'lmadi. To'rtta "Katta Dubulg'a" turnirida zafar quchishni orzu qilaman, lekin hammaga ham bu nasib etavermaydi.
Depressiya? Yo'q! Bu juda katta so'z. Menda bundan ham yomon kunlar bo'lgan. O'yinimdan taajubdaman, chunki bundan ko'prog'iga qodirman. G'alati tuyulishi mumkin, lekin barchasi bundan ham yomonroq bo'lishi mumkin edi-ku! Nega yomon narsalarni o'ylashim kerak? Yaxshisi kelajakka umid bilan qarash lozim", - dedi Osaka.
Havola :
Fikrlar