01 mar 08:01
Yangiliklar
Futbol

“Napoli” qatorasiga uchinchi g'alabasini nishonladi
Italiya A seriyasining 26-turida “Napoli” o'z uyida “Torino”ni taslim etdi- 2:1.
“San Paolo” stadionida kechgan bellashuvda Kostas Manolas va Jovanni Di Lorenconing gollari maydon egalariga g'alabani tuhfa etdi. Mehmonlar safida Simone Edera yagona javob goliga mualliflik qildi.
SHu tariqa “Napoli” A Seriyada qatorasiga uchinchi g'alabasiga erishdi. Ayni paytda Gattuzo shoigrdlari 39 ochko to'plab turnir jadvalining oltinchi pog'onasini egallab turishibdi. “Torino” esa 27 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda. “Napoli” navbatdagi turni safarda “Verona”ga (8 mart) qarshi o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar