So’nggi yangiliklar

08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0

03 okt 13:58
Yangiliklar

Futbol

"Nasaf" chempionlik o'yinini yutdi! Xo'sh, endi kimda imkoniyat qanday? (tahlil)

Superligada mavsumning hal qiluvchi, afisha taraflama eng muhim va chempionlik o'yini "Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasida o'tkazildi.

CHempionatda peshqadamlikni bo'lishib turgan ikki jamoa mavsum tugashiga 7 tur qolganda o'zaro uchrashdi va unda "Nasaf" jamoasida 21 yillik tanaffusdan keyin Toshkentda g'olibga aylandi. Bu g'oliblik qarshiliklar uchun nafaqat katta tanaffusdan keyin qo'lga kiritilgan shirin g'alabadek, balki mavsumning final o'yinida erishilgan yutuq va yakunda chempionlikni hal etgan bahsga aylanishi mumkin. Endilikda barcha masala va vaziyat nazorati to'liqligicha "Nasaf" tarafiga o'tdi.

Nihoyat, Ro'ziqul Berdiev ko'pchilik doim takidlab kelgan, chempionlikni futbolchilikda ham, murabbiylikda ham ko'rmagan "ikkinchi" yoki "uchinchi" deya beriladigan tarifni yo'qqa chiqarishga yaqin. Endilikda jamoa shunchaki qolgan 6 turda 5 g'alaba qilsa, chempionlik uchun kifoya. Etarli. Hammasi oddiy va barchasi qarshiliklar nazoratiga o'tdi. "Nasaf" tarixida chempionlik masalasi bu qadar jamoa nazoratiga o'tmagan va klub bu yilgidek chempionlik shohsupasiga yaqin kelmagan. Toshkentdagi uzoq kutilgan g'alaba yakunda oltinga teng yutuqqa aylanish arafasida.

Xo'sh, endi keling chempionlik poygasida qolgan jamoalar va undagi imkoniyatlarni tahlil qilamiz. 

CHempionlikka birinchi va asosiy nomzod: "Nasaf"

- "Nasaf"ning chempionlikka erishishi uchun 5 g'alaba etarli bo'ladi va shunda qolgan o'yinlarda qanday natija qayd etilishidan qati nazar jamoa tarixda ilk bor chempionlik shohsupasiga chiqadi. Nega? CHunki jamoa ixtiyorida qolgan 6 turda 3 ochko yo'qotish imkoniyati mavjud. SHunda eng yaqin taqibchisi "Paxtakor" qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozongan taqdirda ham ochkolar soni tenglashadi va o'zaro o'yinlarga ko'ra "Nasaf" chempionlikni rasmiylashtiradi. Agarda jamoa 4 ochko yo'qotadigan bo'lsa, deylik, qolgan 6 turda ikki marta durang qayd etsa, unda chempionlik boshqa jamoaga o'tish xavfi bor. Birinchi xavf, bu "Paxtakor" bo'lsa, unda keyingi xavf soladigan jamoa "Navbahor". Agarda "Nasaf" 4 ochko yo'qotib, "Navbahor" qolgan o'yinlarda g'alaba qozonsa va ochkolar soni tenglashib qolsa, unda musobaqa jadvalida "Navbahor" o'zaro o'yinlardagi ustunlik evaziga tepaga chiqadi. Xullas, hammasi "Nasaf"ning o'z qo'lida va jamoada bitta mag'lubiyatga chegirma mavjud. Yani bitta mag'lubiyat hech narsani o'zgartirmaydi va ehtimoliy 5 g'alaba chempionlikni kafolatlaydi.

"Nasaf"ning qolgan o'yinlar taqvimi ham nisbatan engilroq. Jamoa qolgan 6 turni to'rttasini Qarshida o'tkazadi va atiga 2 bor safarga chiqadi. Birinchi safar Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi va ikkinchisi bu yili mashg'ulot shaharchasiga aylangan poytaxt Toshkent shahrida "Olimpik"ka qarshi o'yin. To'rt o'yinni Qarshida qabul qiladigan "Nasaf"ning uyidagi keyingi raqiblari "So'g'diyona", "Bunyodkor", "Dinamo" va "Neftchi".

Jamoalarning holati va kuchidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, unda eng jiddiy raqib peshqadamlarning "qotili"ga aylangan "Olimpik" eng jiddiy raqib. "Qizilqum" tarkibi tajribaga asoslangan va ular ham Navoiyda "Nasaf"ni qizg'in mehmon qilishga qodir. Qolgan raqiblar qog'ozda "Nasaf" uchun jiddiy qarshilik qilishga qodir emas. Maydonda balki barchasi boshqacha bo'lishi mumkin va buni hech kim inkor qilmagan.

Xullas, "Nasaf" joriy mavsumda endi chempionlikni qo'ldan chiqarishga manan haqqi yo'q. Agarda shu holatda jamoa chempionlik poygasida yutqazib qo'yadigan bo'lsa, unda hech qanday oqlov, baxona yoki sababni ro'kach qilish yaramaydi. Bu "Nasaf" uchun asr mag'lubiyatiga aylanadi. "Paxtakor" ustidan qozonilgan g'alaba va jadvalda yuzaga kelgan tafovutdan keyin chempionlikni boshqa jamoaga berib qo'yish qarshilik muxlislarga xiyonat qilishga teng.

CHempionlik uchun ikkinchi nomzod: "Paxtakor"

- "Yil o'yini"ni yutqazgan bo'lsa-da, "Paxtakor" nazariy jihatdan chempionlik uchun imkoniyatlarini yo'qotgani yo'q. Jamoa ehtimoliy "Nasaf"ning 4 ochko yo'qotishini kutib, qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonsa, unda Maksim SHackix jamoasi chempionlikdan umid qilsa bo'ladi. Ammo endi vaziyat "Paxtakor" nazoratidan chiqib ketdi va eng asosiy raqobatchi bilan o'zaro o'yinlardagi ustunlik ham to'laligicha boy berildi. "Paxtakor"ning keyingi raqiblari va taqvimi ancha oson. Lekin jamoa hozirgi holatida qolgan barcha o'yinni o'z foydasiga hal etishi ham qiyin yumushga aylanadi. Sababi nafaqat jamoa ko'rsatayotgan o'yindagi beqarorlik, balki "Nasaf"ga mag'lub bo'lgach ichki muhitdagi tushkunlik ham kelasi o'yinlarga o'z tasiri ko'rsatishi tabiiy.

"Paxtakor" kelasi turda "Surxon" bilan Toshkent yoki Olmaliqdan o'ynaydi. Kelasi to'rt o'yin esa ketma-ket o'z uyida quyidagi raqiblarga qarshi: "Qo'qon-1912", "Lokomotiv", "So'g'diyona", "Qizilqum". Oxirgi turdagi raqib "Bunyodkor" va bu o'yin ham Toshkentda o'tadi. Yani jamoa asosan o'z uyida va Toshkentdan uzoq bo'lmagan hududda o'ynaydi. Bu jamoaga qaysidir manoda ustunlik beradi. Lekin muhim o'yindagi mag'lubiyat ushbu bo'lajak ustunlikni bir chaqaga aylantirgani ham rost. "Paxtakor" endi o'z o'yinlarini yutish bilan birgalikda "Nasaf"ning keyingi raqiblariga muxlislik qilishga majbur.

CHempionlik uchun uchinchi va oxirgi nomzod: "Navbahor"

- "Navbahor" chempionlik poygasini chinakamiga bezashi mumkin edi. Ammo "Jar"dagi qulash jamoaga qimmatga tushdi. Ammo "Navbahor"da ham chempionlik uchun imkoniyat nazariy taraflama saflanib turibdi. Babayan jamoasi ham "Paxtakor" singari qolgan o'yinlarda "Nasaf"ning raqiblari muxlisiga aylanib, o'z uchrashuvlarini maksimum g'alaba bilan tugatishga majbur. Birgina yaxshi tarafi, jamoa agarda qolgan 6 turdan keyin ochkolar bo'yicha "Nasaf" bilan tenglashsa, unda jadvaldagi ustunlik avtomatik ravishda "Navbahor" tomoniga o'tadi.

"Navbahor" nega uchinchi nomzod deyilgan savolga birinchi navbatda ochkolardagi farq bo'lsa, ikkinchi navbatda jamoaning keyingi taqvimi "Nasaf" yoki "Paxtakor"nikidan ko'ra qiyinroq. "Navbahor" dastlab Namanganda Samarqandning "Dinamo"sini qabul qiladi. Keyin Farg'onada "Neftchi"ga qarshi "vodiy derbi"si, so'ngra o'z uyida "Olimpik"ni mehmon qiladi. SHuningdek, Toshkentda "Lokomotiv" bilan kuch sinashsa, Bekobodda "Metallurg" kutadi va oxirgi o'yin Namanganda medallar uchun kurashayotgan AGMK bilan bo'ladi. Xullas, taqvim jihatdan ham "Navbahor"da vaziyat eng qiyini.

Xulosa qiladigan bo'lsak, har taraflama ustunlikka ega "Nasaf" taqvim jihatidan ham eng qulay imkoniyatga ega. SHunchaki qolgan 6 o'yinda 5 g'alabaga erish va yangi tarix yarat! Hammasi o'z qo'lida, bitta mag'lubiyatga chegirma ham bor va asosiy raqobatchisi o'z o'yinini qidirayotgan va ruhiy tushkunlikka tushgan "Paxtakor" va "Nasaf"ni ikki bor "qoqilishi"ni kutadigan va taqvimi ancha jiddiy va qiyin bo'lgan "Navbahor". "Nasaf" bunday taqvim va bu kabi ustunlik bilan mavsumni chempion bo'lmasdan yakunlamaslikka haqqi qolmadi! Aks holda jamoa tarixdagi eng muvaffaqiyatsiz mavsumni o'tkazgan bo'ladi. Tarixdagi eng zo'r mavsumni o'tkazish esa o'z qo'lida. Tanlash ixtiyori ham o'zida: eng zo'rimi yoki eng alamlisimi?

Juda oz vaqt qoldi. Qarshidagi qolgan barcha o'yinlar o'zgacha qiziqish, boshqacha muhitda o'tishiga shubha yo'q! Superliga markazi Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionga aylanmoqda...

Toshkandiy

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing